Android ilovasini yaratishning 5ta asoslari.

Boshlang'ich o'rganuvchilar uchun android ilovasini yaratishning 5ta asoslari.

Ilovalar bilan bog`liq bo`lgan yangi maqolalar foydalanuvchilarning qiziqishlariga sabab bo'lmoqda. Chunki ilovalar telefonlarni "smart" ya`ni  “aqlli” qilish bilan birga ularning afzalliklarini oshiradi. Bu orqali biz bugungi kunda bajaradigan iwlarimizni ancha oson va qulay yo`l bilan bajarilishiga erishamiz.

Tajribali dasturchilar o'zlarining shaxsiy ilovalarini yaratish, uning dizaynini mukammallashtirish va foydalanuvchilar talablariga mos ravishda, o`ziga xos, qulay usulda tarmoqqa kiritish bilan shug`ullanadilar. Agar siz ham dasturlashga  ishtiyoqmand bo'lsangiz,  biz sizga Android ilovalarini yuklashdan oldin bilishingiz kerak bo'lgan quyidagi 5ta asosiy boshlang'ich tamoyillarni taqdim etamiz.

1. Dasturlash tilini puxta o'rganish

Java va XML  Android ilovalarini yaratishda foydalaniladigan asosiy ikki dasturlash tili hisoblanadi. Shuning uchun, bu ikki dasturlash tillari yuzasidan kerak bo`ladigan bilim va ko`nikmalar – Android ilova yaratishdagi dastlabki vazifa hisoblanadi. Java dasturlash tilining asoslari quyidagilardan iborat:

  1. Paketlar
  2. Obyektlar va sinflar
  3. Voris qoldirish va interfeyslar
  4. Tizimlar, raqamlar va umumiylik
  5. Kolleksiyalar
  6. O'xshashliklar

Java va XML ni to'liq darajada tushunish sizga zamon talabiga mos va mukammal darajadagi Android ilovasini yaratishda asos bo`lib xizmat qiladi.

2. Dasturlash vositalari va muhiti haqida ma`lumotga ega bo`lish

Shunisi muhimki, ilovangizni yaratishdan oldin o`z qurilmangizga dasturlash vositalarini o`rnatishingiz (avtomatlashtirishingiz) va undan foydalanishda ko`nikma hosil qilishingiz kerak bo`ladi. Android ilovalardan foydalanishingiz uchun IDE studio va Eclipse kabi dasturiy vositalaridan(redaktor) foydalanishingiz mumkin. Bu redaktorlar sizga  asosiy bilimlarni olishda, ularni kodlash orqali amalda qo`llashingizda yordam beradi. Qurilmalaringizni boshqarishda yordam berish uchun kerakli kalit so`zlar(manbalar) to'plami bilan taminlovchi Apache Maven, Apache Ant va Grandle kabi dasturiy qurilmalar(tarjimon, git) dan foydalanishingiz ham o`rganishingizda qo`l kelishi mumkin.

Bundan tashqari, kalit so`zlar va ularning tushunchalari bilan tanishib chiqish muhim hisoblanadi. Ya`ni gitni o'rganish, keyin git-manba omborini yaratish (Bitbucket yoki Git Hub-da hisobot yaratish orqali), Platformaning qanday ishlashini bilish, asosiy tushunchalar va shartlarni tushunishingiz kerak bo`ladi. Buning uchun, Git Pocket yo'riqnomasidan foydalanishingiz mumkin.

3. Ilova tarkibiy qismlari haqidagi bilimalarga ega bo`lish

Ilova tarkibiy qismlari(komponentlari) Android ilovasini yaratishning muhim bo`g`ini(bloki) hisoblanadi. Komponentlarning har biri turli xil vazifalarni bajaradi. Biroq, ular o`z vazifalarini bajargan holda muayyan bir ahamiyatga ega bo`lsada, biz bajarayotgan loyihani amalga oshirishning asosiy qismi emas.

Komponentlarning  qay  biri  qanday yaratilgani va qanday bekor qilinganini farqlashga xizmat qiluvchi 5ta komponent mavjud. Ular quyidagilar:

Activities (Faoliyatlari): Bu foydalanuvchi interfeysi bilan foydalanuvchi ekranini bitta oynada  ifodalaydi (masalan, elektron pochta ilovasidagi  elektron xabarlar ro'yxati, yangi elektron xabarlar yozish va boshqa maktublar). Activities foydalanuvchi tajribasiga muvofiq holda birgalikda iwlaydi. Biroq, ularning har biri mustaqil hisoblanadi.         

Services (Xizmatlar): Bu uzoq masofadagi jarayonlarni  va uzoq muddatli operatsiyalarni amalga oshirish uchun fonda ishlovchi komponentdir. Bu foydalanuvchi interfeysini taminlamaydi (masalan, foydalanuvchi boshqa ilovada bo'lganida fonda musiqa ijro etishi mumkin).

Content providers (Tarkibiy taminlovchilar):  Bu umumiy ma'lumotlar to'plamini boshqaradigan komponent. Ushbu component ma`lumotlarni fayl sistemasida, webda saqlashiga qaramasdan, SQLite ma`lumotlar bazasi ularni saqlashi va o`zgartirishi ham mumkin (kontent ta`minlovchisi ruxsat berganda).Bu komponent, shuningdek, sizning ilovangizga xususiy bo`lgan va o`zlashtirib bo`lmaydigan ma`lumotlarni yozish va o`qish uchun foydalidir.

Broadcast receivers (Translyatsiya qabul qiluvchilari):  Bu tizimli translyatsiya xabarlariga javob beruvchi komponent. Translyatsiyalarni qabul qiluvchilarning  ko'pchiligi tizimda vujudga keladi va ular foydalanuvchi interfeysini namoyish qilmasalar ham translyatsiya qilinadigan voqea sodir bo'lganda foydalanuvchini ogohlantiradigan holat paneli xabarnomasini yaratishi mumkin. Umuman olganda, bu komponent  faqatgina kichik ishlarni bajaradi.

Activating components(Komponentlarni faollashtirish). Sinxronli xabarlar 4ta komponentdan 3tasini faollashtiradi (masalan, services, activities, broadcast receivers). Bu komponent ishlash jarayonida sizning ilovangizga tegishlimi yo’qmi aniqlab beradi.

4. Qismlar, Android ilovalari, lentalar, yuklamalar va boshqa vazifalar to`g`risida ma`lumotga ega bo`lish

 Android – ko`plab turdagi qurilmalari va operatsion tizimli versiyalari bilan ajralib turadigan bir bozordir. Qurilmangiz qancha ko`p shartlarni bajarish imkoniyatiga ega bo`lsa, shuncha ko`p xarajat va  sinovlar talab qiladi. Bundan kelib chiqqan holda,  narx-navoning ham ta’siri sezilarli bo`ladi. Shuningdek, turli xil ko`rinishdagi ekranlarning eng qulay imkoniyatlaridan foydalanishda yordam beradigan shiriftlar, aktivlar va tartiblarni talab qilishingiz ham mumkin. Bundan tashqari,  android qo'llab-quvvatlaydigan sensorlar yoki UI qurilmalari qatorini ko`rib chiqishingiz kerak bo`ladi. Barcha android ilovalarida bittadan ilova class(sinf), bitta yoki undan ko`proq activities(faoliyatlar) hamda bir va bir nechta fragments(qismlar) mavjud bo`ladi.

Ba`zida siz doimiy fonlar uchun xizmatlarga ega bo`lishingiz mumkin, ammo ba`zida buning aksi bo`lishi ham mumkin. Agar siz doimo ajoyib foydalanuvchi interfeysi namoyish qilishni xohlasangiz, oqimning hech qachon bloklanmasligiga ishonch hosil qiling. Shuning uchun, uzoq vaqtli operatsiyalar (hisoblash, I / U, tarmoq, va hokazo) barcha fon rejimida mos kelmaydigan tarzda bajarilishi kerak (asosan, turli xil amaldagi oqimlarda).

5. Kerakli vositalar uchun to`g`ri tanlov qabul qilish

Android ilovalarini ishlab chiqish uchun kerak bo'ladigan sodda vositalar - Mac yoki Windows PC-ning har qanday turi Linux, Eclipse, ADT Plug-in va Android SDK - bularning barchasi bepul. Siz bu vositalarni hujjatlashtirgan holda o`rganish uchun Googleda qayd etilgan yo`riqnomadan foydalanishingiz mumkin. Android ilovasini yaratayotganingizda tekshirib chiqishingiz kerak bo`lgan bir nechta parametrlar birlashmasi mavjud. Quyidagilarda ularnig bir qanchasi  berib o`tilgan:

Ishlash va javob berish: Siz har doim 5 soniya ichida foydalanuvchining kiritmasiga javob berishingiz kerak, aks holda operatsion tizim sizni ANR deb ataydi. (ANR (application not responding) ya`ni ilova javobsiz, bunda siz faqatgina ilovangizni yopib qo'yish orqali yechim topishingiz mumkin).

Foydalanuvchilar tomonidan 100dan ko`proq xatoliklar aniqlanadi: Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, UI oqimi hech qachon bloklanmasligi kerak, chunki u faqat bitta qiymatga ega.

Cheklangan manbalar: Ways-lockdan ( batareya quvvatasizlanishiga qaramasdan, buyurilgan so`rovni amalga oshiruvchi mexanizm) ehtiyotkorona holatda foydalanish muhim. Chunki,  qurilmaga haddan ziyod ko`p so`rovlar yuklanishi (masalan, GPS yoki akselerometr) batareyani qisqa vaqt ichida quvvatsizlanishiga olib keladi.

Shoxrux Nurimov

Yangiliklarimizga obuna bo'ling

Kurslar haqida yangiliklarni e-mailingizda olish uchun ro'yxatdan o'ting