React.js Frameworkining afzalliklari

Bu maqolada ReactJs da web dasturiy ta'minot yaratishning qator afzallik va yengilliklari keltirilgan.

Yaqin 10 yillikda frontend dasturlash o’z ichiga katta o’zgarishlarni qamrab oldi. Frontend dasturlashni osonlashtirish uchun ko’pgina frameworklar chiqa boshlagan, lekin juda ozchilik dasturchilar o’zlarinikini saqlab qololishgan. Chunko ortda qolganlari ishlatilishdan to’xtagan.

Hozirda 30,000 dan ortiq web saytlar React.js muhitida qurilmoqda  va ba’zi yirik kompaniyalar  React.js dan foydalanishmoqda. Shu jumladan: Apple, PayPal, va Netflix fikrimiz isboti  bo’la oladi. React.js haqida keyingi muhim narsa  albatta bu JavaScriptni yaxshi biladigan dasturchilar uchun bo’ladi. React.js  ular uchun ona-tilidek tushunarli bo’laveradi va hech qanday muammo bo’lmaydi. Ammo siz hali React.js da ishlab ko’rmagan bo’lsangiz ushbu maqola sizni yetti sababga ko’ra React.js dan foydalanishga undaydi.

1. O’rganish uchun oson va tushunarli.

Yuqorida  aytilganidek JavaScript foydalanuvchilari React Js da ishlash lari birmuncha tez hamda oson bo’ladi. Boshqa frontend frameworklari bilan solishtirganda misol uchun Semantic UI ni olsak ReactJs o’rganish uchun ancha oson va tushunarli.

Sizga kerak bo’ladigan boshlang’ich bilimlar faqatgina  HTML va CSS dan iborat bo’ladi . Boshqa front-end frameworklarida misol uchun  Angularda  HTML va CSS  dan tashqari Angular muhitiga o’tish uchun maxsus Typescript lar o’rganilishi kerak bo’ladi.

2. Kod komponentlarini qayta ishlash imkoniyati.

Facebook ReactJS ni tanlashidan oldin, dasturchilar uchun kod qismlarini qayta ishlatish imkoniyati bo’lmagan. Facebook esa, bu imkoniyatni qo'shib, ReactJS dasturchilari uchun ishlash muhitini osonlashtirdi. Bu nafaqat ko'p vaqtni tejaydi, balki dasturchilarni bir xil kodni qayta va qayta  yozishdan halos etadi. ReactJSning afzalliklaridan biri shundaki, barcha komponentlar bir-biridan ajralib turadi, shuning uchun bitta komponentga o'zgartirish kiritish boshqa komponentlarga ta'sir qilmaydi, bu esa, tizim boshqaruvchisining ishlashini osonlashtiradi.

3. Kodning barqarorligi

Faqat bitta  ma'lumot oqim yo’nalishi bilan ReactJSda yuqori kod barqarorligiga erishishingiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, dasturchilar ma'lumotni bog'lash texnikasidan foydalanishganida, ostki komponentalarning ierarhik tuzilishidagi o'zgarishlari yuqoridagilarga ta’sir qilmaydi va obyektlarda o’zgartirishlar ham sodda bo`ladi.

4.Tezkor ko’rinish hosil qilish (renderlash)

Og'ir ilovalar yoki dinamik dasturiy yechimlarni yaratishda tezkor renderlashni xohlaysiz. Afsuski, ko'p jihatdan ko'pgina frameworklar bu rivojlanishni ta'minlamaydi. Facebookning rivojlantirish guruhi Virtual DOMni amalga oshirish orqali ReactJS tizimida bunday vaziyatni keltirib chiqarmasligini ta'minladi va bu kodni ko'rsatishdan to'siqlarni olib tashlash hamda jarayonni yanada yumshatish imkonini beradi.

Nomidan ko'rinib turibdiki, Virtual DOM – hujjat obyekt modelining (DOMning) virtual o'zgarishini amalda o'zgartirishga imkon beradi. Shuningdek, DOM o'zgarishlarini minimal harakat bilan bajaradi. Ushbu usul DOMga o'zgartirish kiritish uchun zarur bo'lgan vaqtni minimallashtirish orqali tezkor ishlashni ta'minlaydi.

5. SEO bilan do’stona

Qidiruv tizimlari JavaScriptning og'ir ilovalarini o'qiy olmasligini bilasizmi? Garchi Google zaruriy tuzatishlar kiritgan bo'lsa-da, ammo boshqa qidiruv tizimlari ham jiddiy og'ir ilovalarni ko'rish uchun kurash olib bormoqda. React.js serverda ishlaydigan, virtual DOM so'rovini brauzerga qaytarib, uni muntazam web sahifa sifatida ko'rsatish orqali ushbu muammoni hal qilish uchun mukammal yechim taklif qiladi. Bu qidiruv tizimlarining web saytingizni yoki mobil ilovangizni skanerdan o'tkazilishini osonlashtiradi. Shuning uchun qidiruv tizimining yuqori qismida joylashish imkoniyatini oshiradi.

6. Dasturchilar uchun foydali komponentalar to’plami

ReactJS frameworki dasturchilar uchun keng ko'lamli vositalari yordamida web saytlarni juda tez yaratadi.  Uning debug va dizayn vositalari o'z sinfida eng yaxshi. Bundan tashqari Chrome va Firefox lar uchun "React Developer Tools" deb nomlangan brauzer kengaytmasini yuklab olishingiz mumkin. Bu zo’r brauzer kengaytmasi hisoblanib, sizga reaktiv komponentalarni kuzatish, web ilovangizning hozirgi holatini tekshirish, turli komponentalardagi xususiyatlarni tekshirish va komponentalar bog’lanishlarini ko’rishingiz mumkin.

7. Kuchli Jamoa

Dastlab ichki foydalanish uchun ishlab chiqilgan React.js kutubxonasi keyinchalik dunyoga taqdim etildi. GitHubning 1100 dan ortiq qatnashchilari va StactOverflow, Slack, Reactiflux Chart, Freenode IRC kabi yirik platformalardagi React.js aktiv dasturchilari jamoasi savollaringizga javob berishga yordam beradi.

Bu yangi dasturchilar uchun o’rganish oson o'tishni ta'minlaydi. Chunki kuchli React jamoasi nafaqat yangi kelganlarni kutib oladi, balki ularni har bir qadamda ham ko’maklashadi.

 

2-268a5_1544446502.jpg

Muhammad Ali Bahromov

Yangiliklarimizga obuna bo'ling

Kurslar haqida yangiliklarni e-mailingizda olish uchun ro'yxatdan o'ting