Web dasturlashni boshlayotganlar uchun maslahatlar

Sayt yaratishni bilasizmi? Biz bo’lajak sayt yaratuvchilar uchun ko’pgina muhim bo’lgan maslahatlarni to’pladik.

Ko’pchilik odamlar o’ylashadiki, sayt yaratish -  bu juda ham qiyin  ish. Tezda hayolingizga yuqori dasturlash tillari va boshqa dasturlash tillarida bo’lgani kabi  cheksiz tuganmas kod keladi. Shunday emasmi?

Aslida bu umuman boshqacha :).  Tahminan 10 yil oldin holat shunday bo’lgan bo’lishi mumkin.  Lekin hozirda tajribali va web dasturlashni boshlovchilarga hamda tarmoq dasturchilariga  juda ham ko’p imkoniyatlar paydo bo’la boshladi. Sizga hozirda biz keltiradigan 5 ta maslahatlar asqotadi  degan umiddamiz.

1. O’rganishning  eng osonidan  boshlang, bu juda ham oddiy

0 dan sayt yaratishni bilmaysizmi?  Sizga  buning uchun  web dasturlashning asos  bilimlari HTML va CSS ni bilish kerak bo’ladi. Bu esa siz o’ylagandan ko’ra anchagina  oson. Bugungi kunda juda ko’plab video darsliklar hamda o’quv kurslari  chiqa boshladi va bular orqali hatto maktab o’quvchilari ham bemalol qisqa muddatda  samarali natijalarga erishishlari mumkin.

2. Rasmlar bilan ishlashni o’rganing.

Photoshop yoki  boshqa bir professional redaktorlarni bilish bu o’zingizning saytingizni yaratishingizga katta bazani tashkil etib beradi. Sifatli rasmlar va resurslar sayt ko’rkiga ko’rk qoshibgina qolmay saytga kiruvchilarni o’ziga osongina jalb qiladi. Hozirgi kunda yaxshi saytlar o’zida sifatli grafikani ishlatishadi.

3.  Tushunarli va to’gri tematika bo’yicha saytni yarating.

Qanday saytni yaratish to’grisida bilimlar juda ham kam faqatgina  uning texnikasini tushunish lozim. Misol uchun Agar siz o’yinlar haqida sayt tayyorlasangiz  huddi shu atmosfera  bilan  birlashib ketishingiz, nozik jihatlarini ko’zdan qochirmay ularni rivojlantirishingiz lozim. Qachonki siz shularga e’tibor berib saytni rivojlantirsangiz , saytni boshqalarga albatta tushuntira olasiz.

4. Rivojlantirish va amaliyot

 Yangi bilimlarni egallashda  olingan bilimlarni mustahkamlashdan yaxshi narsa yoq . Sayt yaratish jarayonida ko’pgina mayda qiyinchiliklar va xatolarga duch kelinadi. Bularni bartaraf etishning eng samarali yo’li bu albatta amaliyot . Qanchalik amaliyot ko’p bo’laversa natijalar  shunchalik yaxshilanaveradi. Ba’zida  buni o’zingiz ham sezmay qolasiz. Har safar sayt yaratayotganingizda oson va qiziqarli mashg’ulotga aylanib boraveradi. Loyihalar vizual jihatdan jozibador ko’rina boshlaydi.  Amaliyot bu qimmatbaho va  boyitish mumkin bo’lgan resurs!

5. O’rganish uchun to’gri resurs tanlash.

Bugungi kunda  Internetda ta’lim  olish jarayoni tez suratlarda rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, axborot texnologiyalari sohasi bunga misol bo’la oladi. Shunchalik internet resurslari ko’payib ketyaptiki, qaysi resurs to’gri, qaysi resurs samaraliroq degan hayollar barcha yangi o’rganuvchilarning haqiqiy bosh og’rig’i desak xato bo’lmaydi. Misol qilib youtube.com saytini olaylik bu yerda son sanoqsiz video darsliklar kun davomida qo’yib boriladi. Lekin bulardan qay biri sizga 100%  noldan boshlab  to sayt yaratish darajasiga olib borishini bila olmaysiz.  Shundan xulosa qilish mumkinki bu kabi holatlarda yechim qilib, biron bir shu sohada ishlovchi va o’sha siz bosib o’tmoqchi bo’lgan yo’ldan qadamma qadam to mukammal sayt yaratish darajasigacha yetgan inson ko’magini olgan yoki shu yo’nalishda dars beruvchi o’quv kurslariga yozilgan afzalroq.

Shu kabi o’quv kurslaridan biri - “Software Design” dasturchilar tayyorlash o'quv markazi. Bu yerda  sizga  web sayt yaratish borasida kerakli bilim va ko’niklamalarni bera oladigan  tajribali o’qituvchi-dasturchilardan tashkil topgan jamoa bor. Kurs davomida siz hozirgi kundagi  zamonaviy sayt yaratish texnologiyalaridan foydalanib, o’zingizning saytingizni noldan tuza oladigan darajaga yetasiz. Bundan tashqari kurslar davomida real loyihalar ustida ish olib borish imkoniyati mavjud.

2-268a5_1544446502.jpg

Muhammad Ali Bahromov

Yangiliklarimizga obuna bo'ling

Kurslar haqida yangiliklarni e-mailingizda olish uchun ro'yxatdan o'ting